Toshkentda salkam 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi
Yunusobod va Qibray tumanlarida 934,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Hasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “T.A.” MChJ rahbari D.S. MChJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 29.09.2024
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanib davlatga 5.5 mlrd zarar yetkazgan shaxslar ushlandi
18:31 / 27.09.2024
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
17:45 / 25.09.2024
2030 yildan Toshkent shahri va uning atrofida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
13:30 / 20.09.2024