Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Rossiyadagi saylov haqida bayonot berdi
Bayonotda saylov tobora torayib borayotgan siyosiy makonda o‘tkazilgani ta’kidlanadi, ammo uning natijalari tan olinmasligi haqida gap-so‘z yo‘q.
Yevropa Ittifoqi Rossiyadagi prezidentlik saylovida YeXHT kuzatuvchilari ishtirok etmaganidan afsusda ekanini bildirdi va «qattiq cheklovlar sharoitida o‘tgan» ovoz berish jarayonini tanqid qildi. Tegishli bayonotni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel e’lon qildi.
Biroq uning bayonoti Yevropa Ittifoqi Rossiyadagi saylov natijalarini tan olmasligini anglatmaydi.
«Saylov tobora torayib borayotgan siyosiy makonda bo‘lib o‘tdi, bu fuqarolik va siyosiy huquqlar buzilishining dahshatli kuchayishiga olib keldi, ko‘plab nomzodlarning saylovda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilindi, shu jumladan Rossiyaning noqonuniy tajovuzkor urushiga qarshi bo‘lganlarning barchasini. Rossiyalik saylovchilarni tanlash imkoniyatidan mahrum qildi va ularning ishonchli axborot olish huquqini keskin cheklab qo‘ydi», deyiladi bayonotda.
Borrel, shuningdek, Rossiyada qatag‘onlarning muntazam kuchayib borayotganiga, xususan, muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning qamoqdagi o‘limiga ham e’tibor qaratdi.
Bayonotda, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarida ovoz berish jarayoni o‘tkazilishini tan olmasligi ta’kidlanadi.
«Ushbu hududlardagi «saylov» Rossiya tomonidan xalqaro huquqning, jumladan, BMT Nizomi, shuningdek, Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining yana bir ochiq-oydin buzilishidir», dedi Borrel.
Rossiya muxolifati vakillari saylov oldidan Yevropa Ittifoqini natijalarni tan olishdan rasman bosh tortishga chaqirdi. Xususan, Yuliya Navalnaya shunday bayonot berdi. Yevropadagi ba’zi siyosatchilar ham saylov natijalari tan olinmasligi kerakligini aytdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025