Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Navro‘z sayli o‘tkazilayotganda gazballon portlab ketdi
37 kishi shifoxonaga olib borilgan, shundan 7 nafari statsionar davolanishga yotqizilgan. Prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘adi.
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida Navro‘z bayrami sayli o‘tkazilayotganida gazballon portlab ketgan. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Ko‘kdala tumanida o‘tkazilayotgan sayilda gaz chaqnashi natijasida gazballon portlab ketgan. Holat 18 mart kuni sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida 37 kishi yong‘in tufayli turli darajada jarohat olib, shifoxonaga olib kelingan. Ularning 7 nafari statsionar tartibda shifoxonaga yotqizilgan, 17 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois ambulator ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 13 nafarida tan jarohatlari aniqlanmagani sababli tibbiy ko‘rikdan keyin uyiga qaytarilgan.
Holat yuzasidan Ko‘kdala tuman prokururaturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
21:35 / 22.05.2025