O‘zbekiston | 09:14 / 20.03.2024
3639
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyaga ishlashga borib, qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Rossiyaga ishlashga borib, qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Permdagi “RegionStroy”, Sankt-Peterburgdagi “StroyKraft” korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2023 yil fevral oyida Permga ishlash uchun borib, qiyin ahvolda qolgan fuqaro Perm—Namangan aviareysi orqali vatanga qaytarildi. Volgogradda mehnat qilayotgan hamyurtlarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.