Qozog‘iston janubida yangi suv ombori qurilishi boshlandi
Suv omborida million kub metr yomg‘ir va buloq suvi saqlanadi. Loyihaning amalga oshirilishi tufayli hududda suv yetishmasligi muammosiga yechim topiladi.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yangi suv ombori qurilmoqda. Inshoot To‘labiy tumanida 13 gektar maydonni egallaydi, deb xabar berdi «Xabar».
Suv omborida million kub metr yomg‘ir va buloq suvi saqlanadi. Loyihaning amalga oshirilishi tufayli Kemekalgan qishloq okrugidagi sug‘orish suvi yetishmasligi muammosiga yechim topiladi. Suv tanqisligi sharoitida ko‘plab qishloq aholisi hatto tomorqasidan voz kechishga majbur bo‘layotgan edi.
Sun’iy suv ombori qurilgan joyda yomg‘ir va erigan suv faol ravishda drenajlanadi. Bu yerda ko‘plab buloqlar ham mavjud. Suv bor, lekin uni sug‘orish uchun ishlatish mumkin emas edi. Shu bois suv omborini qurish uchun budjetdan bir milliard 123 million tenge ajratilgan.
Sun’iy suv ombori tufayli sug‘oriladigan yerlar qatoriga yana 360 gektar maydon qo‘shiladi. Fermerlar sug‘orish uchun qo‘shimcha manbaga ega bo‘ladi, hosildorlikni oshiradi, ekinlarni diversifikatsiya qiladi.
Yangi suv ombori shunchaki muhandislik inshooti emas. Suv kelishi bilan qishloq aholisi yana kartoshka, piyoz, makkajo‘xori yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, tomorqa maydonini ko‘paytirish niyatida.
Mavzuga oid
12:47
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024