O‘zbekiston | 11:16 / 21.03.2024
15193
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchilar jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari Sergelida soatiga 170−180 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Haydovchilar bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgan.

Foto: Toshkent IIBB YHXB

20 mart kuni Toshkent shahri IIBB YHXB Sergeli tumani Fayzli ko‘chasi bo‘ylab 170−180 km/soat tezlikda harakatlanib, bu holat aks etgan videoni internetga joylashtirgan ikki haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Tahoe (01X080KB) haydovchisi — 1998 yilda tug‘ilgan Ahror va BYD Song Plus (01U081DC) haydovchisi — 1989 yilda tug‘ilgan Sirojiddin o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan, — deyiladi xabarda.

Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, belgilangan tezlikni (shaharda 60 km/soat) 40 km/soatdan ortiq oshirib haydash bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi. 

Shuningdek, haydovchilar bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgan.

Mavzuga oid