Jahon | 05:09 / 23.03.2024
35025
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShID Moskvadagi terakt uchun mas’uliyatni gardaniga oldi

Foto: Vedomosti

Moskvadagi «Krokus» konsert zadida sodir etilgan terakt ortida IShID turibdi. Bu haqda bir qator yirik nashrlar terroristik tashkilotga aloqador Telegram-kanalga asoslanib xabar bergan.

«IShID Moskvadagi hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Amaq agentligi Telegram sahifasida aytilgan. IShID jangarilari Moskva atrofida hujumlar amalga oshirib, yuzlab odamlarni o‘ldirib, yaralagani va keyinchalik yashiringani haqida xabar bergan. Hujum tafsilotlari keltirilmagan», deyiladi Reuters xabarida.

CNN ham aynan Amaq agentligi xabariga asoslanib IShID Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni gardaniga olgani haqida yozdi. Hozircha bu ma’lumotlar hech qaysi rasmiy manba tomonidan tasdiqlangani yo‘q.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid