Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Binolardagi mozaikalar madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritildi
Hukumat qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlar binolaridagi 160 ga yaqin mozaik pannolar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.
Gazeta.uz yozishicha, qarorda reyestrni to‘ldirishdan ko‘zlangan maqsad mozaika, panno va tasviriy san’at asarlarini har tomonlama o‘rganish, asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, ularning mamlakat turizm salohiyatini rivojlantirishdagi rolini oshirishdan iborat ekani yozilgan.
Ro‘yxatdagi mozaikalar davlat kadastriga kiritiladi. Obektlarning kadastr hujjatlariga ularning madaniy qiymati borligi to‘g‘risidagi yozuv qo‘shiladi.
Bundan buyon ro‘yxatga kiritilgan obektlar mavjud binolarda, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligi bilan kelishilishi kerak.
Ro‘yxatga kiritilgan mozaikalarning aksariyati Toshkentda joylashgan. Shuningdek, unda Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Angren, Guliston va bir qancha tumanlardagi mozaikalar mavjud.
Mavzuga oid
20:18 / 24.01.2025
Malayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosini targ‘ib qiladi
12:29 / 05.12.2024
YuNESKO nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatini kengaytirdi
11:00 / 07.07.2024
Toshkentda o‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar aniqlandi
13:51 / 08.06.2024