Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar aniqlandi
Toshkent shahri Yangihayot tumanida ikki nafar fuqaro soxta hujjatlar bilan o‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda fuqarolar T.K., V.Sh. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.K.ga tegishli xonadonni go‘yoki vafot etgan otasi T.K.ga tegishli ekanligi haqidagi soxta hujjatlarni tayyorlab, ushbu xonadonni o‘zlariga meros sifatida rasmiylashtirib olganliklari aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025