Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki hududda yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan S.Y. fuqaro M.P. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.T.ga go‘yoki o‘zini kadastr xodimi va yer ajratish bo‘yicha tender komissiyasi a’zosi sifatida tanishtirib, unga Qo‘shtepa tumani hududidagi 12 sotix zaxiradagi ekin yer maydonini 10 000 AQSh dollari evaziga avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ajratib berishini aytib, oldindan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, davlat kadastrlari palatasi Yakkabog‘ tumani filiali muhandisi B.X. fuqaro B.O.ga “Darxon” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 1 gektar yer maydonida bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi
19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi
13:48 / 18.04.2025