Jamiyat | 14:47 / 28.03.2024
15693
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda Nexia va Spark o‘zaro to‘qnashib, butunlay yonib ketdi

Namangan viloyati Uychi tumanida Nexia va Spark to‘qnashib, butunlay yonib ketdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Shu yilning 26 mart kuni soat 16:00 larda 4R-116 (davlat ahamiyatiga molik) «Namangan-Uychi-Uchqo‘g‘on» yo‘lining 28-kilometri chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan Nexia rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida ikki avtomashinada yong‘in chiqib, avtomashinalar to‘liq yonib, zararlangan.

Spark haydovchisi tizzasi lat yeyishi, Nexia haydovchisi chap oyog‘i lat yeyishi, shuningdek, ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, deyiladi Namangan viloyati IIB YHXB xabarida.

Mavzuga oid