Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
San’at muzeyining yangi binosi qurilishi shu yil boshlanadi
Muzey yaponiyalik me’mor Tadao Andoning loyihasi asosida quriladi. Ando loyiha ijrosi bo‘yicha mualliflik nazoratini olib boradi.
Yaponiyaga safar qilgan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova yaponiyalik me’mor, Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando bilan uchrashdi.
Jamg‘arma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yangi binosining me’moriy loyihasi va dizayn g‘oyasi ustidagi ishlar tugagach, uni amalga oshirish yakuniy bosqichga o‘tadi. Tadao Andoga loyiha ijrosi bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish yuklandi.
Joriy yilda yaponiyalik me’mor loyihasiga asosan bino qurilishi boshlanadi, deyiladi xabarda.


Muzey binosi sobiq “Navro‘z” tantanalar saroyi o‘rnida barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025