O‘zbekiston | 12:45 / 28.03.2024
5441
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram bot orqali o‘zgalarning pulini o‘zlashtirgan 17 yoshli yigit ushlandi

“Telegram”da "Pul tiking yutuq bor" mazmunida bot yaratib, o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigitcha qo‘lga olindi.   

Foto: Kiberxavfsizlik markazi

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) K.A. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 32,5 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yashovchilar 17 yoshli M.X. sodir etgani aniqlandi.

Unga ko‘ra, M.X., jabrlanuvchi K.A, bilan "Telegram" messenjeri orqali tanishib, unga botga ulanib pul o‘tkazsa yutuq borligi haqida aytib uni ishontirgan va jabrlanuvchi K.A. 32,5 mln. so‘m miqdordagi pullarni bank plastik kartasiga o‘tkazib bergan, ammo hech qanday yutuq olmagani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid