Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada KXDRdan Rossiyaga yo‘l olgan kema ushlandi
BMT sanksiyalarini buzganlikda gumon qilinayotgan, ma’lum bir davlatga tegishli ekani ko‘rsatilmagan DEYI yuk kemasi qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan Pusan portiga olib ketildi. Jamoa yukni ko‘rsatishdan bosh tortgan.
Janubiy Koreya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati KXDRdan Xitoy orqali Rossiyaga yo‘l olgan hamda ma’lum bir davlatga tegishli ekani ko‘rsatilmagan DEYI yuk kemasini Yosu shahri qirg‘oqlari yaqinida ushladi, deb xabar berdi Janubiy Koreyaning «Ryonxap» axborot agentligi 3 aprel, chorshanba kuni xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan hamkorlikda kemaning sanksiyalarni ehtimoliy buzishini tekshirayotganini tasdiqladi, ammo qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortdi.
Qayd etilishicha, hodisa taxminan 30 mart kuni sodir bo‘lgan va BMT Xavfsizlik kengashining Pxenyanga qarshi sanksiyalarini buzish gumonlari bilan bog‘liq. 3000 tonna sig‘imli yuk kemasi bortida 13 kishi bo‘lgan: kapitan - Xitoy fuqarosi, shuningdek, Indoneziya va Xitoy fuqarolari bo‘lgan ekipaj a’zolari.
Ekipaj to‘xtash to‘g‘risidagi buyruqni bajarishdan bosh tortgach, Janubiy Koreya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kemani Pusan portidagi dokka ko‘chirdi. «Ryonxap» xabariga ko‘ra, kema haqiqatan ham sanksiyalarni buzganmi yoki yo‘qmi hozircha noma’lum, chunki ekipaj tryumni ochishdan va tashilayotgan yukni tekshirishga ruxsat berishdan bosh tortgan.
BMTning 2017 yilda qabul qilingan 2397-sonli rezolyutsiyasi davlatlarga Shimoliy Koreya bilan bog‘liq taqiqlangan faoliyatda gumon qilinsa, o‘z hududiy suvlarida istalgan kemani to‘xtatish, tekshirish va musodara qilish imkonini beradi.
Janubiy Koreyaning RF kompaniyalari va jismoniy shaxslariga qarshi sanksiyalari
3 aprel kuni Janubiy Koreya, Seulga ko‘ra, Shimoliy Koreya mutaxassislarini Rossiyaga ishlashga jalb qilish orqali «KXDRning yadroviy va raketa dasturlarini moliyalashtirishga» hissa qo‘shgan ikki nafar rossiyalik jismoniy va ikki yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.
Bundan tashqari, Rossiyaning ikki kemasiga nisbatan sanksiyalar joriy etildi - Angara va Lady R. Seul ular BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini buzgan holda «Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida harbiy yuk tashishda» ishtirok etganini da’vo qilmoqda.
Mart oyi oxirida Rossiya BMTning yadroviy va raketa dasturlari tufayli Shimoliy Koreyaga qarshi joriy etgan sanksiyalar rejimiga amal qilish bo‘yicha nazorat guruhi mandatini uzaytirishga veto qo‘ygan edi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025