Orskda suv toshqini. Fotosuratlar
Orskda ikkita to‘g‘on buzilishidan keyin aholini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Oblast hududida olti mingdan ortiq uyni suv bosgan.
Orskda Ural daryosida to‘g‘onlar buzilishidan keyin ikkinchi kundirki mahalliy aholini suv bosgan hududlardan evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. Shaharga yetib kelgan Rossiya FVV rahbari Aleksandr Kurenkov vaziyatni og‘ir deb atagan. Uralda suv sathi ko‘tarilishi oqibatida suv toshqini Orenburgga ham yetib borgan — oblast markazida ham evakuatsiya boshlangan. FVV ma’lumotiga ko‘ra, oblast hududida jami olti mingdan ortiq turar joylarni suv bosgan, to‘rt mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Butun region bo‘ylab federal xarakterdagi favqulodda vaziyat rejimi e’lon qilingan. Quyida Orskda to‘g‘on buzilishi oqibatlari va shaharning suv bosgan ko‘chalari aks etgan suratlar keltiriladi.
Mavzuga oid
21:11 / 17.09.2024
“Ko‘p narsa moliyalashtirishga bog‘liq” - Toshkentni toshqinlardan qutqarish rejasi tayyorlanmoqda
15:07 / 04.09.2024
Shimoliy Koreyada suv toshqinlarini bartaraf etolmagani uchun 30 nafar mas’ul amaldor qatl etildi – OAV
21:36 / 30.08.2024
Rossiyaga xorijliklarni biometrik ma’lumotlar asosida kiritish taklif etildi
20:36 / 30.08.2024