Jamiyat | 11:45 / 07.04.2024
10785
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda MChJ rahbari ijaraga olgan binosini buzib sotib yubordi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MChJlardan birining rahbari o‘zi ijaraga olgan binoni buzib sotib yuborgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, “Q.G.” MChJ rahbari D.B. Qo‘shrabot tumani “Qo‘ralos” qishlog‘ida joylashgan Samarqand viloyat “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi” balansida bo‘lgan bino-inshootni ijaraga olib, o‘ziga ishonib topshirilgan umumiy bahosi 1,3 mlrd so‘mlik mulkni buzib, qurilish materiallarini sotib yuborgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid