Soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi yuqori hududlar haqida ma’lumot berildi
Eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar va Toshkent shahrida qayd etilgan – 97 foiz.
2024 yil yanvar-mart oylarida respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 96 foizni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar va Toshkent shahrida qayd etilgan – 97 foiz.
Shuningdek, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 96 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlarida 95 foiz, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida 94 foiz natijaga erishilgan.
Soliq turlari kesimida bu ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 99 foiz;
- aksiz solig‘i – 98 foiz;
- foyda solig‘i va JShODS – 97 foiz;
- QQS – 96 foiz;
- AOS, mol-mulk solig‘i – 95 foiz;
- Yer solig‘i – 94 foiz;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 90 foiz.
Mavzuga oid

12:35 / 18.04.2025
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi

14:46 / 14.04.2025
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin

08:10 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi

21:37 / 26.02.2025