O‘zbekiston | 14:33 / 11.04.2024
12269
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda hokimlik zaxirasidagi 20 sotix yerni sotishga uringan shaxslar ushlandi

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyati IIB tomonidan noqonuniy yer savdosiga chek qo‘yildi.

Qayd etilishicha, viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tumanning Kuyovboshi mahallasida yashovchi tadbirkor ayol va Qo‘shko‘prik mahallasida istiqomat qiluvchi 1996 yilda tug‘ilgan yigit protsessual tartibda ushlangan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar o‘zaro til biriktirib, baxmallik 26 yoshli fuqaroga tumanning Kuyovboshi hududida joylashgan, hozirda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan sobiq fermer xo‘jaligi 5 gektar yer maydonining 20 sotixini 180 million so‘mga sotishga kelishib, pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, yer sotuvchilar oldinroq 5 gektar yerning 10 sotixini 33 million so‘mga sotgani, xaridor ushbu yer maydonida qurilish ishlarini boshlab yuborgani aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid