Eron maxsus kuchlari isroillik milliarderga tegishli kemani qo‘lga oldi
Kema isroillik milliarder Eyal Ofer kompaniyasiga tegishli. Isroil Tashqi ishlar vazirligi Eronni qaroqchilikda aybladi.

Foto: AP
Eron Hurmuz bo‘g‘ozida Portugaliya bayrog‘i ostidagi MSC Aries konteyner tashuvchi kemani qo‘lga oldi.
Kema Birlashgan Arab Amirliklaridan Hindistonga suzib ketayotgan edi. Qo‘lga olingandan so‘ng, tanker Eron hududiy suvlariga yo‘l olgan.
MSC Aries kemasi isroillik milliarder Eyal Oferning Zodiac Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Londonning Zodiac Maritime kompaniyasiga tegishli.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi Eronni qaroqchilikda aybladi va jahon hamjamiyatini Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIQK) terrorchi tashkilot deb e’lon qilishga chaqirdi.
Hujumdan keyin Isroil Mudofaa kuchlari (TsAHAL) vakili Eron «vaziyatni yanada keskinlashtirishga qaratilgan qarorlar uchun javobgar bo‘lishini» aytdi. Biroq TsAHAL vakili voqeani to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olmadi.
Isroil 1 aprel kuni Eronning Suriyadagi konsulligiga raketa zarbasini berdi, oqibatda bir necha yuqori martabali IIQK zobiti halok bo‘ldi. Tehron bu harakatlarga javob qaytarishga va’da berdi.
Eron muntazam ravishda o‘z qirg‘oqlarida kemalarni qo‘lga oladi. 2024 yil yanvar oyida Amerikaning St.Nikolas neft tankeri Ummon ko‘rfazida qo‘lga olindi. Eron hukumati tanker «sud qaroriga asosan» hibsga olinganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

22:07 / 13.05.2025
Isroil tez orada G‘azoga «to‘liq kuch bilan» kiradi – Netanyahu

15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi

11:50 / 13.05.2025
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

07:36 / 13.05.2025