Iqtisodiyot | 15:18 / 13.04.2024
3312
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi

Kuvaytlik investorlar bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Foto: O‘zA

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tegishli vazirlik va idoralar hamda Kuvaytning Marafie Group kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Marafie Group holding kompaniyasi bosh direktori, Al-Tijaria kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Abdulhakim Marafi O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarga sarmoyalar kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.

"O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ho‘l mevalardan turli konsentratlar tayyorlash, mehmonxona biznesi, bank, turizm va boshqa sohalarga sarmoya kiritishdan manfaatdormiz", dedi u.

Muzokaralar yakunida Marafie Group kompaniyasi delegatsiyasining joriy yil 14-15 aprel kunlari O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish va  va safar davomida Toshkentda sarmoya kiritishning aniq yo‘nalishlari  bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid