O‘zbekiston | 16:38 / 13.04.2024
9336
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston temiryo‘llari” 100 mln so‘mlik tanlov e’lon qildi

Tanlovda qatnashuvchilar Hyundai Rotem tezyurar poyezdi uchun dizayn loyihasi tayyorlashlari kerak bo‘ladi.

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari

“O‘zbekiston temiryo‘llari” Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

“O‘zbekiston temiryo‘llari barcha iste’dodli dizaynerlarni Hyundai Rotem poyezdining o‘ziga xos va jozibali tashqi ko‘rinishini yaratishga taklif qiladi. Tanlov g‘olibi 100 million so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi va poyezdda o‘z dizaynidan tashqari g‘olibning bosh harflari ham tasvirlanadi” deyiladi xabarda.

Tanlov shartlari quyidagicha belgilangan;

– Ikkitadan ortiq bo‘lmagan dizayn variantini taqdim etish.

– Ishlaringizni dizayn-nsr@uzrailway.uz elektron manziliga 2024 yil 12 may sanasigacha yuborish;

– Mavzu satrida “Hyundai Rotem poyezd dizayni tanlovi" deb ko‘rsatish;

– Aloqa ma’lumotlarini ko‘rsating (F.I.Sh., telefon raqami).

2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transport sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan va unda O‘zbekistonga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem poyezdlarini keltirish bo‘yicha vazifalar belgilangandi.

Ma’lumot uchun, yettita vagonga ega Hyundai Rotem elektropoyezdi 351 ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi. Soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Mavzuga oid