Andijonda Telegram orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan 22 yoshli yigit ushlandi
Yigit Farg‘ona shahrida yashovchi ayolni aldab, uning qariyb 5 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan.
Andijon viloyatida Telegram orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan 22 yoshli yigit ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi 26 yoshli ayol A.S. IIBga murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum shaxs tomonidan bank kartasidagi 4 mln 570 ming so‘m pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon shahrida yashovchi 22 yoshli J.R. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan J.R. Telegram orqali jabrlanuvchi ayol bilan tanishib, uning ayollar kiyim-kechaklarini sotib berishga kelishib, oldindan 4 mln 570 so‘m pullarini bank kartasiga o‘tkazdirib olib, so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.R.ning sodir etilib, fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “g” bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
19:44 / 26.09.2024
“Odamlar qiynalyapti” - Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik qachon tiklanadi?
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024