Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonda mavsumiy yomg‘irlar sabab bo‘lgan kuchli suv toshqinlari uch kun ichida kamida 33 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deya ma’lum qildi toliblar rasmiylari.
Afg‘onistonda mavsumiy yomg‘irlar sabab bo‘lgan suv toshqinlari kamida 33 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Yana 27 kishi jarohat olgan. Bu haqda 14 aprel, yakshanba kuni «Tolibon» harakati vakillari ma’lum qildi.
Afg‘oniston tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligida toliblar vakili Abdulla Janan Sayyekning ma’lum qilishicha, 12 aprel kuni poytaxt Kobul va mamlakatning bir qancha viloyatlarida suv toshqinlari kuzatilgan. Unga ko‘ra, 600 dan ortiq uy vayronaga aylangan, 200 ga yaqin chorva mollari nobud bo‘lgan. Shuningdek, suv toshqini 800 gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi ekinlari va 85 kilometrdan ortiq yo‘llarga zarar yetkazdi, dedi Sayyek.
Mahalliy meteorologiya departamenti, o‘z navbatida, yaqin kunlarda Afg‘onistonning 34 viloyati aksariyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida ogohlantirdi. Prognozga ko‘ra, eng ko‘p yog‘ingarchilik G‘azni, Kobul, Qandahor va Nangarhor viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Xorijdan kelayotgan yordam kamaydi
2021 yilda Afg‘onistonda «Tolibon» hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng, bu Osiyo davlatiga tashqi yordam hajmi pasayib ketdi, deb ta’kidlaydi AFP. Bu tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etishni qiyinlashtiradi.
Mavzuga oid
13:30
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024