O‘zbekiston | 12:58 / 15.04.2024
3832
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi. 

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari hududlardagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Leningraddagi “Vyborjyets” agroxoldingi, Permdagi “Stroy industriya”, Kalugadagi “LiderKing”, Tuladagi “Volovskiy broyler” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Volgograd, Voronej, Permda ishlayotgan yurtdoshlarga huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatildi. Sankt-Peterburgda og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik fuqaro Sankt-Peterburg - Buxoro aviareysi orqali vatanga qaytarildi.

Mavzuga oid