Toshkentda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Nexia-3, Nexia-2, “Moskvich 412”, Tracker-2 va Monza ishtirokida YTH qayd etildi.
Joriy yilning 16 aprel kuni soat 23:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida 5 ta avtomashina ishtirokida YTH kuzatildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Nexia-3, Nexia-2, “Moskvich 412”, Tracker-2 va Monza rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024