Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati YHXB komandiri o‘rinbosari YTH sodir etdi
Hodisada hech kim jarohatlanmagan. Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida viloyat IIB YHXB YPXB komandiri o‘rinbosari boshqaruvidagi mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, hodisa 11 aprel kuni sodir bo‘lgan.
Viloyat IIB YHXB YPXB komandiri o‘rinbosari Sh.S. boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti-2” mashinasi Yakkabog‘ tumani “Oqtosh” MFY hududidan 4R-84 Chiroqchi – Yakkabog‘ – Sho‘rbozor avtomobil yo‘li va Yakkabog‘ – Sandal avtomobil yo‘li kesishgan chorrahada fuqaro E.O.ga tegishli “Nexia-2” bilan to‘qnashgan.
Ushbu YTHda hech kim jarohat olmagan, faqat har ikkala mashinaga zarar yetgan.
Qayd etilishicha, hodisa joyi Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tergovchisi tomonidan ko‘zdan kechirilib, sudga oid avtotexnika hamda baholash ekspertizasi tayinlangan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025