Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashash xonadonida noqonuniy mayning ferma tashkil etgan shaxs ushlandi
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura.
Xususan, Jizzax shahrida yashovchi fuqaro M.M. yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 280 mln so‘mlik 62,4 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025