Jahon | 14:59 / 21.04.2024
12169
9 daqiqa o‘qiladi

Ekin dalalarga tushgan bombalar va Dniproga hujum oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 787-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy onlayn-kazino faoliyatini cheklovchi qonunni imzoladi; u harbiy xizmatchilar harbiy holat davri yakuniga qadar azart o‘yinlar o‘ynashini taqiqlaydi
  • Ukrainaning Vinnitsa oblastida ikki harbiy xizmatchi hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatgan politsiyachilarga o‘t ochdi; politsiyachilardan biri halok bo‘lgan
  • RF mudofaa vazirligi Rossiya regionlari ustida 50 ta pilotsiz uchish apparatlari urib tushirilgani haqida xabar berdi. Ukraina hujumlar nishoni harbiy sanoat komplekslarining energetika infratuzilmalari bo‘lganini ma’lum qildi
  • Baykalorti vitse-premeri, Ukrainaga urush uchun ketganini aytgan Marat Mirxaydarov yarim yillik shartnomasi muddati tugayotgani va ortga qaytishini ma’lum qildi
  • RF mudofaa vazirligi ukrainlarning Su-25 samolyotini urib tushirgani haqida xabar berdi

Dnipro o‘qqa tutilishi

19 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Dnipropetrovsk oblasti bo‘ylab yopirilma raketa zarbasi yo‘llagandi. Oblast harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida shaharda uch kishi halok bo‘lgan. Region bo‘ylab 19 aprel kuni yo‘llangan zarbalarning jami qurbonlari soni sakkiz nafarni tashkil etadi, shundan ikki nafari bolalar, deb xabar bergan harbiy ma’muriyat. Kamida 35 kishi jarohatlangan.

Munitsipal xizmatlar ishchisi Rossiya raketa zarbasiga uchragan hududda tozalash ishlarini olib bormoqda
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari
Ukraina FVDX / Anadolu / Getty Images
Raketa zarbasidan shikastlangan turar joy binosidagi kvartirada yonib ketgan pianino
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Dniprolik kishilar o‘qqa tutilgan uyi oldida
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
FVDX xodimlari Dniproda halok bo‘lgan kishining jasadini olib ketmoqda
Ukraina FVDX / Anadolu / Getty Images
Dnipro o‘qqa tutilishi oqibatida yonib ketgan bino oldidan o‘tayotgan ukrain harbiylari
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastiga kelgan Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donetsk oblastidagi oldingi chiziqqa tashrif vaqtida
Ukraina prezidenti ofisi

Xarkiv oblastidagi jang maydonlariga ekin ekilishi

2024 yil bahorida, urush davom etayotganiga qaramay, Ukrainada navbatdagi ekin kampaniyasi boshlandi. Ukrainalik dehqonlar bu jarayonni yana bir bor ekstremal sharoitlarda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda: ular qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib kelgan maydonlar muntazam ravishda o‘qqa tutiladi, ular bo‘ylab harbiy texnikalar va armiya tuzilmalari harakatlanadi. Quyida so‘nggi vaqtlarda rossiyaliklarning eng ko‘p zarbalariga duchor bo‘layotgan Xarkiv oblastida ekin jarayoni qanday olib borilayotgani aks etgan suratlar.

Fermerlar dalaga qishloq xo‘jaligi texnikasini kiritishdan oldin metall izlovchilar orqali yerda portlamay qolgan snaryadlarni qidirmoqda; Xarkiv oblasti Visokopile qishlog‘i hududi; 2024 yil 20 aprel
Sergey Kozlow / EPA / Scanpix / LETA
Sapyorlar aniqlangan snaryadlarni tekshirib, ular xavfsizligini tasdiqlaganidan so‘ng, fermerlar qishloq xo‘jaligi texnikasi ish boshlashi uchun ushbu qoldiqlarni daladan olib chiqishadi
Sergey Kozlow / EPA / Scanpix / LETA
Nafaqat snaryadlar, balki harbiy texnikalar ham urushni eslatib turadi: Visokopilya yaqinida olingan ushbu fotoda — yonib ketgan tank aks etgan
Sergey Kozlow / EPA / Scanpix / LETA
Visokopilya yaqinidagi dalada ishlayotgan traktor — suratda qishloq xo‘jaligi maydoniga qulagan raketa korpusi elementini ham ko‘rish mumkin
Sergey Kozlow / EPA / Scanpix / LETA

Vayron qilingan elektr stansiya — butun Ukraina uchun blekaut tahdidi ramzi

Yil boshidan buyon RF qurolli kuchlari Ukraina energetika infratuzilmalari bo‘ylab bir necha bor yopirilma zarbalar yo‘lladi. So‘nggi haftalarda ayniqsa Odessa, Xarkiv, Zaporijjya, Lviv va Kiyev oblastlarida issiqlik energiyasi ishlab chiqarish va uzatish korxonalariga faol hujumlar amalga oshirilmoqda. Ukraina poytaxti ta’minoti uchun o‘ta muhim hisoblangan Tripolskaya IES butkul yo‘q qilingan, «Ukrenergo»ning qator stansiyalari hamda Rinat Axmetovga tegishli DTEK kompaniiyasining ikkita elektr stansiyasi jiddiy shikastlangan. Quyidagi kadrlar DTEK elektr stansiyalaridan birida olingan.

RF qurolli kuchlari zarbasidan keyin DTEK elektr stansiyasida yonib ketgan dispetcherlik xonasidagi  ishchi; 2024 yil 19 aprel
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ko‘plab energetika korxonalaridagi og‘ir vaziyatga qaramay, hukumat mamlakat to‘liq blekautdan qutulib qolganiga ishontirmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa faqat g‘arb qurollari, jumladan havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishi mamlakatda energetika kollapsi yuzaga kelishining oldini olishini ta’kidlamoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
DTEK korxonasi RF zarbasidan keyin shunday ko‘rinishda — elektr stansiyaning ko‘plab elementlari butkul yakson bo‘lgan
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Vashingtonda Kiyev uchun yaxshi xabarlar fonida AQShda o‘q-dorilar ishlab chiqarilishi

AQSh Vakillar palatasi 20 aprel kuni kechqurun milliy xavfsizlik bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi, u Ukrainaga qariyb 61 milliard dollarlik harbiy yordam ajratishni ko‘zda tutadi. Endi qonun loyihasiga Senatda ovoz beriladi. Agar hujjat qabul qilinsa, bu urushning ukrain armiyasi resurslar tugayotgan hamda yangi qurollar — ayniqsa artilleriya uchun snaryadlar yetkazib berilishiga kuchli ehtiyoj sezayotgan hozirgi bosqichida Kiyev uchun jiddiy yordam bo‘ladi. Quyida Amerikadagi korxonalardan birida snaryadlar ishlab chiqarish jarayoni aks etgan suratlar.

Rabochiy proveryayet formu stalnyx zagotovok posle etapa pressovaniya v protsesse proizvodstva snaryadov kalibra 155 mm na Armeyskom zavode boyepripasov (SCAAP) v gorode Skrantone, shtat Pensilvaniya, 16 aprelya 2024 goda
Charly Triballeau / AFP / Scanpix / LETA
Zavodu v Skrantone boleye 100 let. Primechatelno, chto naxoditsya on v rodnom gorode prezidenta Djo Baydena — glavnogo v SShA storonnika okazaniya voyennoy pomoshchi Ukraine. Nesmotrya na to, chto yeshche neskolko let nazad kazalos, chto oborudovaniye na predpriyatii ustarelo s tochki zreniya sovremennyx konfliktov, aktivnaya artilleriyskaya voyna v Ukraine pokazala, chto snaryady kalibra 155 mm ostayutsya absolyutno neobxodimym sredstvom vedeniya boyevyx deystviy
Charly Triballeau / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv atrofini minalardan tozalayotgan ukrain sapyorlari

Avariya-sapyor guruhi Xarkiv oblastining Suligovka qishlog‘ida minalardan tozalash va portlovchi moddalarni yo‘q qilish ishlarini olib bormoqda
Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press
Ekspertlar fikricha, Xarkiv oblastining Suligovka qishlog‘ini ham o‘z ichiga oluvchi Izyum rayoni hududini portlovchi moddalardan tozalash uchun ikki-uch yil ketishi mumkin
Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press
Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik sapyor minalardan tozalash vaqtida
Adri Salido/Anadolu / ddp / Vida Press

Xerson oblastida dronlar o‘qqa tutilishi

Xerson oblastidagi Ukraina qurolli kuchlari harbiylari dronlarga qarshi quroldan rossiyaliklarning kamikadze dronini o‘qqa tutmoqda, 2024 yil 19 aprel
Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mavzuga oid