O‘zbekiston va Qirg‘iziston demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning 15-20 aprel kunlari Namangan shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Dala o‘rganishlar o‘tkazilib, ular davomida davlatlararo chegara delimitatsiya chizig‘ini hududga o‘tkazish bo‘yicha vazifalarga aniqlik kiritildi.
Muzokaralar do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Ishchi guruhlarning navbatdagi yig‘ilishi Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi.
Ishchi guruhlarning avvalgi yig‘ilishi joriy yilning 4-8 mart kunlari O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qildi va 2024 yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar jadvali tasdiqladi. Shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish, demarkatsiya xaritalarini yaratish va maxsus (umumiy) geodezik tarmoqlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024