700 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
Farg‘ona viloyatida 703,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “T.M.” MChJ rahbari U.R. MChJga tegishli ishlab chiqarish sexiga o‘rnatilgan elektr qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 781,9 ming kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 703,7 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

17:21 / 05.04.2025