O‘zbekiston | 10:27 / 23.04.2024
1355
1 daqiqa o‘qiladi

Siyerra-Leonening O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Siyerra-Leonening mamlakatdagi birinchi elchisi Muhammad Yongavoni qabul qildi.

Foto: TIV

"Siyerra-Leone Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Yongavo janoblarini qutlashdan va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Qayd etilishicha, ikki tomonlama aloqalarni boyitish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud. 

Baxtiyor Saidov elchiga mamlakatdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni o‘rganishda muvaffaqiyatlar tilagan.

O‘zbekiston va Siyerra-Leone o‘rtasida 2023 yil 28 aprelda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan edi. Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Siyerra-Leonening BMTdagi doimiy vakillari tomonidan qo‘shma kommyunike imzolandi. Siyerra-Leone Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 143-davlat bo‘lgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid