O‘zbekiston | 11:55 / 26.04.2024
7773
1 daqiqa o‘qiladi

Surxon qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tulki bolalari muhrlandi 

O‘zbekistonda 2 xil tulki uchraydi. 

Foto: Videodan kadr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga tulki bolalari muhrlandi.

Tulki itlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchidir. Tana uzunligi 60-90 sm, dumi 40-60 sm, vazni 6-10 kg ga etadi. O‘zbekistonda 2 xil tulki (oddiy tulki, korsak) uchraydi. 

Ularning ovqatlanishi va yashash joylari xilma-xil bo‘lib, asosan kemiruvchilar, sutemizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, tulki 4-6, ba’zan 17 tagacha bola tug‘adi. 

Tulkilar kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi.

Mavzuga oid