O‘zbekiston | 11:36 / 27.04.2024
3388
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki hududda korxonalar qum-shag‘al xomashyosini noqonuniy qazib olgani aniqlandi

Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, “N.T.” korxonasi mas’ul shaxslari Nurota tumani hududida joylashgan “Ko‘chat” qum-shag‘al aralashmasi koni atrofidagi yer maydonlaridan maxsus texnikalar yordamida o‘zboshimchalik bilan 17,9 ming kub hajmdagi qum-shag‘al xomashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 232,9 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “M.M." korxonasi mas’ul shaxslari tumandagi muhofaza zonasiga kiruvchi yer maydonidan 5,5 ming kub hajmdagi qum-shag‘al xomashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 143,4 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid