Qum qazib olib, davlatga 357 mln so‘m zarar yetkazgan fuqaro ushlandi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tabiiy qum mahsulotini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departamentning G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va “Xavfsiz daryo” DM xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro B.X. Qashqadaryo daryosining G‘uzor tumani “Zarbdor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi muhofaza maydonidan maxsus texnikalar yordamida 3,6 ming kub noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum mahsulotini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 357,7 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 10.10.2024
Qashqadaryoda Mercedes-Benz va Labo ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
08:28 / 03.05.2024
Toshkentda qum-shag‘al qazib olayotgan 9 kishiga 230 mln so‘m jarima belgilandi
13:47 / 30.04.2024
Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 80 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
11:36 / 27.04.2024