Jamiyat | 15:19 / 29.04.2024
4256
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Toshkent viloyati va poytaxtda haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro B.O. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro M.A.  fuqaro E.M.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid