Rossiya Belgorod viloyatidan dron va raketalar bilan Ukrainaga hujum qildi
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Belgorod viloyatidan tunda Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan barcha 13 ta hujumkor uchuvchisiz uchoqlarni urib tushirdi, dedi Havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk. Dronlar parchalarining qulashi Xarkivda yong‘inga olib keldi.
4 may, shanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga to‘rtta S-300 zenit raketalari va 13 ta Shahed-131/136 dronlari bilan hujum qildi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk o‘zining Telegram-kanalida.
Unga ko‘ra, dron va raketalar Belgorod viloyatidan uchirilgan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Dnipropetrovsk va Xarkiv viloyatlarida barcha 13 ta UUA yo‘q qilindi, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Xarkiv meri Igor Terexov shahardagi ikkita Shahed droni Osnovyanskiy tumani fuqarolik infratuzilmasiga kelib tushgani haqida xabar berdi. Xarkiv viloyati harbiy boshqarmasi (VHB) boshlig‘i Oleg Sinegubovning aniqlik kiritishicha, uchuvchisiz uchoqlar qoldiqlari ikki qavatli fuqarolik ma’muriyati binosiga tushgan, natijada yong‘in sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, yana ikkita joyda fuqarolik infratuzilmasi va daraxtlar yonib ketgan. Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kishi, jumladan, 13 yoshli bola yaralangan.
Mahalliy matbuot yozishicha, Dnipropetrovsk viloyatining Pavlograd shahrida ham portlashlar sodir bo‘lgan, shundan so‘ng shaharning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.
Mavzuga oid
22:05 / 19.11.2024
Endi bizda ATACMS bor, undan foydalanamiz - Zelenskiy
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024