HAMAS Isroil bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘ldi
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya G‘azo sektorida sulh tuzish haqidagi taklifni qabul qilishga tayyorligini aytdi.
Bu haqda u Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy va Misr Bosh razvedka xizmati rahbari Abbos Komil bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qilgan. Qatar va Misr HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilmoqda.
«Ularga HAMAS harakati o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv bo‘yicha takliflarni ma’qullagani haqida xabar berdim», deb «Kommersant» Honiya bayonotidan iqtibos keltirdi.
Bundan sal oldin The Times of Israel nashri Isroil armiyasi Rafah shahrining sharqiy mintaqasida aholini evakuatsiya qilinishga chaqiruvchi varaqalar tarqata boshlagani haqida xabar bergan edi. Isroil G‘azo sektorining janubida joylashgan shaharda harbiy amaliyot o‘tkazmoqchi, garchi g‘arbiy ittifoqchilari uni bundan qaytarayotgan bo‘lsa-da. Rafahda taxminan bir million qochqin yashamoqda.
29 aprel kuni muzokaralar chog‘ida HAMAS harakatiga 40 kunlik otashkesim taklif qilingan edi. Kelishuv, shuningdek, hamaschilar tomonidan garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashtirishni ham o‘z ichiga olardi.
AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ushbu kelishuv Rafah operatsiyasini kechiktirishini taxmin qildi. Biroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bo‘lajak harbiy operatsiya HAMAS bilan muzokaralar natijasiga bog‘liq emasligini aytdi.
Isroil va HAMAS o‘rtasida sulh bo‘yicha muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:12
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
19:01
Qatar Tashqi ishlar vazirligi HAMAS yetakchilari Dohada emasligini ma’lum qildi
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024