Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 7 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Manzillar:
- Chilonzor tumani: “Qatortol” hamda “Katta Do‘mbirobod” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Mirobod tumani: “Baratxo‘ja” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geofizika”, “Geologlar”, “Sarbon”, “Temuriylar”, “Chingeldi” hamda “Iqtidor” MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirildi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025