O‘zbekiston | 17:00 / 08.05.2024
2924
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro amaliy fanlar universitetlari rektorlarining Birinchi forumi Toshkentda bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6 may kunlari Toshkentda Xalqaro amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qilish, shuningdek, 14 davlatdan keladigan 18 ta universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatini taqdim etdi.

Forum doirasida, shuningdek, “ERASMUS +” loyihasi asosida Toshkent amaliy fanlar universiteti va Yevropa universitetlari o‘rtasida yangi qo‘shma loyiha yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yangi hamkorlik loyihasi ta’lim sifatini yaxshilash va xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Forumning asosiy maqsadi nazariy bilim va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash hamda global ta’lim muhitida O‘zbekistonning o‘rnini yanada mustahkamlashdir. Tadbir davomida soha mutaxassislari va olimlarning fikr almashinuvi, shuningdek, yangi ilmiy va ta’limiy loyihalar yuzasidan kelishib olindi.

Mavzuga oid