London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshida chechen bo‘linmalarining katta yo‘qotishlari tufayli ular orqaga o‘tkazilgan, ammo "Vagner" XHK u yerdan ketganidan keyin frontga qaytarilgan.
Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushda chechenistonlik 9 mingga yaqin jangchi qatnashmoqda. "Ehtimol, front chizig‘idagi janglarning og‘irligi chechen maxsus bo‘linmalari gardaniga tushmoqda, chechen kuchlarining asosiy qismi esa orqada xavfsizlik amaliyotlarini o‘tkazishda davom etmoqda", — deya ma’lum qildi 7 may, seshanba kuni Britaniya departamenti.
Londonda ta’kidlanganidek, chechen qo‘shinlari 2014 yildan beri Ukrainada Rossiya Federatsiyasi tomonida jang qilmoqda va 2022 yil fevral oyida Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan so‘ng, Kavkaz respublikasidan yana ham ko‘proq bo‘linmalar Ukrainaga o‘tkazildi. U yerda ular dastlab katta yo‘qotishlarga duchor bo‘ldi va keyin ortdagi operatsiyalar uchun jo‘natildi, bu yerda ularning borligi, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi videolar orqali sezildi.
"Vagnerchilar" ketganidan keyin chechenlar frontga qaytdi
"Rossiyaning "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi 2023 yilning may oyida frontni tark etganidan beri chechen bo‘linmalari oldingi chiziqqa qaytarildi", — deya ta’kidladi Britaniya Mudofaa vazirligi.
Bundan tashqari, departamentga ko‘ra, chechen qo‘shinlari rossiyalik askarlarni Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish bo‘yicha o‘qitmoqda. Shu bilan birga, London chechen ma’lumotlariga tayanib, 2022 yil fevralidan hozirgi kungacha 42 mingga yaqin harbiy xizmatchi Rossiyaning Gudermesdagi maxsus kuchlar xususiy universitetida o‘qitilganini bildirdi. "Shu bilan birga, bu universitetda harbiylar faqat 10 kungacha davom etadigan mashg‘ulotlardan o‘tishi ehtimoldan xoli emas, bu esa o‘quv va ta’lim muassasasining samaradorligiga shubha uyg‘otadi", — deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
13:20
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
10:10
Rossiya Ukrainadagi urushga yamanliklarni yollamoqda - The Financial Times
01:24
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
21:25 / 25.11.2024