O‘zbekiston | 07:26 / 11.05.2024
4789
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari telefon orqali muloqot qildi

Abdulla Aripov Mixail Mishustinni Rossiya hukumati raisi etib qayta tasdiqlangani munosabati bilan tabrikladi.

Joriy yilning 10 may kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston bosh vaziri Mixail Mishustinni Rossiya hukumati raisi etib qayta tasdiqlangani munosabati bilan tabrikladi.

Shuningdek, davlatlar rahbarlari tomonidan hukumatlar oldiga O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirildi.

Avvalroq, O‘zbekiston bosh vaziri rossiyalik hamkasbiga Rossiya hukumati raisi lavozimiga qayta tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborgan edi.

 

Mavzuga oid