Xorazm va Toshkentda valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi
Xorazm va Toshkent viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.D. va A.D. fuqaro Sh.A.dan jami 3300 AQSh dollarini 41,9 mln so‘mga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi departamentning Angren shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.E. va A.D. fuqaro M.M.ga 3000 AQSh dollarini 38,2 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 11.09.2024
Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirish siyosatiga mas’ul o‘rinbosari tayinlandi
14:10 / 04.09.2024
Navalniyning o‘limi: prokuratura ish qo‘zg‘atmaslik haqidagi qarorni bekor qildi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024