Putinning Xitoyga safari. Nimalar muhokama qilingan?
Vladimir Putin beshinchi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy safari uchun Xitoyni tanladi. U 16 may kuni katta delegatsiya bilan Pekinga yetib bordi.
Tashrif ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Putin va XXR raisi Si Jinping birinchi kuni keng va tor doiradagi muzokaralarda eng dolzarb siyosiy va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan. Davlat tashrifining ikkinchi kuni esa Harbin shahrida ko‘rgazma va biznes forum bilan o‘tdi.
G‘arb nashrlariga ko‘ra, ushbu tashrif ikki avtokratik yetakchi o‘rtasidagi yaqin aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Bu tashrif Ukrainada harbiy harakatlar faollashgan davrga to‘g‘ri keldi va muzokaralarda ushbu urush ham muhokama etilgani aniq.
Xalqaro munosabatlar tarixi bo‘yicha ekspert Abror Rustamovning fikricha, Putinning safari Rossiya va Xitoy aloqalarida yangi sahifani ochmaydi. Pekin tinchlik va neytrallik tarafdori bo‘lsa-da, odatdagidek Rossiyaning taraf bo‘lishda davom etmoqda. Ekspert rasmiy Pekin uchun urushda Moskvaning yengilishi – yaxshi yakun emasligini, Xitoy o‘z qarshisida raqobatchi sifatida faqat AQShning bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasligini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi urush ortidan G‘arb sanksiyalari Rossiyaning xalqaro savdodagi o‘rnini deyarli yo‘qqa chiqardi. Pekin esa shunday sharoitda Moskva uchun hayot yo‘li vazifasini o‘tadi. AQSh razvedkasining 2023 yil iyul oyida bergan hisobotida keltirilishicha, urush davridagi yaqinlik yuqoridagi holat bilan cheklanmaydi. Xitoy Moskvaga Ukrainada urush olib borish uchun foydalanayotgan asosiy texnologiyalar, jumladan dron va qiruvchi samolyotlar qismlarini taqdim etishda davom etayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
23:01 / 21.11.2024
Putin Dneprga «Oreshnik» nomli o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketa bilan zarba berilganini ma’lum qildi
21:00 / 21.11.2024