Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik ikki yoshli qiz vatanga qaytarildi. U bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan buvisi qaramog‘iga topshirildi.
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qiz vataniga qaytarildi, deya xabar berdi bolalar ombudsmani.
Mart oyida Toshkent shahrida yashovchi V.D. (ayol) Rossiyaning Moskva viloyati Lyubersi shahridagi vasiylik organida bo‘lgan ikki yoshli nabirasi Z.N.ni qaytarishga yordam so‘rab, bola huquqlari bo‘yicha vakil idorasiga murojaat qilgan.
Uning onasi Z.A. bolani enagasiga qoldirib, olib ketish uchun qaytib kelmagan, shundan so‘ng enaga politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya xodimlari bolani vasiylik organiga topshirib, qarovsiz bola sifatida ro‘yxatga olib, yangi ism va familiya qo‘ygan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 14 may kuni qizaloq Rossiyadan qaytarildi. Hozirda bola buvisi V.D. qaramog‘iga rasmiy ravishda topshirilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025