Toshkent viloyatida o‘raga tiqilib qolgan 5 yoshli bola qutqarildi
Toshkent tumanida 5 yoshli bola nazoratdan chetda qolgani sabab suv krani uchun o‘rnatilgan o‘raga tushib qoldi. FVB xodimlari uni sog‘ holda chiqarib, yaqinlariga topshirdi.
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, «M.Fozilov» mahallasidagi uylardan birida istiqomat qiluvchi bola FVV xodimlari ko‘magida noxush vaziyatdan xalos etildi.
Qayd qilinishicha, 5 yoshli bola ehtiyotsizlik oqibatida suv krani uchun qazilgan o‘raga tushib ketgan va tizzasi bukilgan holda tiqilib qolgan.
Uy egalari uni o‘radan chiqarib olishga harakat qilishgan, ammo barcha ishlar samarasiz bo‘lgan. Shundan so‘ng, FVV xodimlariga murojaat qilishgan.
Ta’kidlanishicha, FVV xodimlari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida bolani o‘radan chiqarib olishgan. Uning ahvoli yaxshi ekani tufayli tibbiy yordam zarurati bo‘lmagan.
Mavzuga oid
10:46 / 15.11.2024
Qoidabuzarlik qilgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
16:16 / 08.11.2024
Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
15:57 / 07.11.2024