O‘zbekiston | 21:58 / 20.05.2024
5253
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatishdi 

Transport vositasi yukxonasida o‘q otuvchi va sovuq qurollar yashirilgani aniqlandi. 

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. 

Qayd qilinishicha, Bojxonadan o‘tmoqchi bo‘lgan transport vositasi yukxonasida «Makarov» to‘pponchasi, 2 dona tig‘li sovuq qurol, turli xil harbiy anjomlar hamda 3 dona polietilen paketda quritilgan giyohlar borligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot uchun: «Qurol to‘g‘risida»gi qonun talablariga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish hamda respublika hududi orqali tranzit ravishda olib o‘tish tegishli organlar ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Mavzuga oid