Jahon | 23:15 / 21.05.2024
7755
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya qiroli Salmonning ahvoli yaxshilangani ma’lum qilindi

88 yoshli monarx pnevmoniyadan davolanayotgani haqida xabar berilgandi. 

Foto: AFP

Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning ahvoli yaxshi, u tibbiy muolajadan o‘tdi. Bu haqda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon 21 may kuni ma’lum qildi. 

Valiahd shahzodaning bayonoti vazirlar mahkamasi yig‘ilishida yangradi. U qirolning sog‘lig‘i haqida qayg‘urgan barchaga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar berdi Saudi Press Agency (SPA) xabariga tayanib Al-Arabiya. 

19 may kuni kuni SPA agentligi qirol Salmon «baland isitma va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar» tufayli tibbiy ko‘rikdan o‘tgani haqida xabar bergan edi. 

Keyinchalik qirol antibiotiklarni o‘z ichiga olgan terapiya dasturi bilan pnevmoniyadan davolanayotgani xabar qilindi. 

88 yoshli qirol Salmon oxirgi marta aprel oyida shifoxonaga yotqizilgan edi. U Jiddadagi Qirol Faysal ixtisoslashgan tibbiyot muassasasida muntazam tekshiruvdan o‘tdi. 

Qirol Salmon bin Abdulaziz 2015 yilda Saudiya Arabistoni taxtiga o‘tirgan.

Mavzuga oid