O‘zbekiston | 14:52 / 28.05.2024
8719
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi

Uzun tumanida izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi. 

Foto: Videodan kadrlar

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi.

Xususan, izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi. 

Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra ushbu arxeologik topilmalar eradan avvalgi II - eraning III asrlariga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan.

Hozirda hududda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid