«Nasaf» penaltilar seriyasida «Paxtakor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi
O‘zbekiston Superkubogi o‘yini doirasida mamlakatning amaldagi chempioni «Paxtakor» va kubok sohibi «Nasaf» o‘zaro maydonga tushdi.
Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida 14 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan uchrashuvning 54-daqiqasida bosh hakam Aziz Asimov VAR’ni tekshirib, qarshiliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Dragan Cheran hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida Ro‘ziqul Berdiyev ketma-ket uchta o‘zgarishni amalga oshirib, jamoasining hujumkorligini oshirdi. Natijada, 80-daqiqada Murod Rahmatovning uzatmasidan so‘ng Sharof Muhitdinov jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Uchrashuvning asosiy vaqti 100 daqiqadan ham ortiq davom etgan bo‘lsa-da, kuchlar teng kelib, jamoalar penaltilar seriyasiga taklif etildi. Lotereyada esa omad «Nasaf»ga kulib boqdi. Jamoalarning dastlabki zarbalarini ijro etgan gol mualliflari Muhitdinov va Cheranning zarbasini darvozabonlar qaytarib qolishdi. Nasrullayev va Xolmatov ham zarbadan foydalana olishmadi. Qarshiliklar darvozaboni Abduvohid Ne’matov 3ta zarbani qaytarib, jamoasiga g‘alabani keltirdi.
Shu tariqa, «Nasaf» o‘z tarixida 3-marta O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqib, bu borada ham peshqadamga aylandi.
O‘zbekiston Superkubogi-2024.
«Paxtakor» – «Nasaf» - 1:1. Penaltilar seriyasi: 3:4
Bosh hakam: Aziz Asimov
VAR: Ahrol Risqullayev;
Gollar: Dragan Cheran 54 penaltidan – Sharof Muhiddinov 80.
«Paxtakor»: 35. Pavel Pavlyuchenko, 2.Behro‘z Asqarov (15.Diyor Ortiqboyev, 86), 3.Shahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Saidumarxon Saidnurullayev, 22.Umar Adhamzoda, 31.Muhammadali Usmonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdurahmatov (6. Murodjon Rahmatov, 74), 14.Sharof Muhitdinov, 27.Islom Kenjaboyev (30. Temur Chogadze, 74), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 32.Zoran Marushich (10. Bobur Abduxoliqov, 73), 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Jaba Jigauri (20. Viktor da Silva, 74), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich (9. Javohir Sidiqov, 83).
Mavzuga oid
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:16 / 02.10.2024