Jahon | 15:01 / 31.05.2024
3032
3 daqiqa o‘qiladi

Ekspertlar: 400 mlndan ortiq bolalar urush sharoitida yashayapti

«Urush va qochqinlik bolalar va o‘smirlar hayoti uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin», deb yozadi «Bolalar qishloqlari - SOS».

Foto: DW

Dunyo bo‘ylab 400 milliondan ortiq bolalar urush yoki qurolli to‘qnashuvlar sharoitida ulg‘aymoqda, deya xabar beradi «Bolalar qishloqlari - SOS» (SOS-Kinderdörfer) xalqaro xayriya tashkiloti. «Dunyoda urushlar soni yangi yuqori darajaga yetdi. Harbiy mojarolar paytida bolalar va o‘smirlar ko‘plab xavf-xatarlarga duchor bo‘lmoqda», deyiladi uning 30 mayda 1 iyun kuni nishonlanadigan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan e’lon qilingan press-relizida.

Tashkilot matbuot kotibi Boris Breyyerning so‘zlariga ko‘ra, urush va qochqinlik barcha jabrlanganlar uchun vaziyat ustidan jiddiy nazoratni yo‘qotilishini anglatadi. «Ammo bolalar ayniqsa himoyasiz. Biz ularni himoya qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak», - dedi u. 

Bola huquqlarining ommaviy buzilishi 

Press-relizda BMT ma’lumotlariga tayanilgan, ularga ko‘ra 2005 yildan 2022 yilgacha harbiy to‘qnashuvlar paytida kamida 315 ming bolalar huquqlari ommaviy ravishda buzilishi sodir etilgan. «Urush va qochqinlik bolalar va o‘smirlarning hayotiga xavf tug‘diruvchi oqibatlarga olib kelishi va ularning butun hayotiga ta’sir qilishi mumkin», deb yozadi tashkilot. 

Xabarlarga ko‘ra, bolalar halok bo‘lgan yoki og‘ir jarohatlangan, ota-onasi yoki vasiylaridan ayrilgan, uy-joylarini yo‘qotgan va qochishga majbur bo‘lgan. Oziq-ovqat tanqisligi tufayli ular to‘yib ovqatlanmaydi. Bolalar, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim olish imkoniyatiga ega emas. Ular mojaro taraflari tomonidan suiiste’mol qilinishi, o‘g‘irlanishi yoki urushga jalb qilinishi mumkin. Bolalar va o‘smirlarning psixologik farovonligi tajribalari va urush jarohatlari tufayli qisqa va uzoq muddatda jiddiy ravishda buzilishi mumkin. 

«Bolalar qishloqlari - SOS» mojaro zonalarida yoki qochishga majbur bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga yordam berish uchun ko‘plab choralar ko‘radi.

Mavzuga oid